June 2016 [Uzbek] archive

Бизнинг магистрларимиз жуда ҳам фаол !

Кўпчиликка маълум, Европа Иттифоқи UZHELTH лойиҳаси асосида Республикамизнинг кўплаб магистралари ва докторантлари 3 ой муддатда (2015 йил 15 Феврал – 15 май кунлари) бутун Европа бўйлаб ўқишда бўлишди.

Шу жумладан бизнинг иқтидорли магистрларимиздан бири Тўхтамишева Д. ҳам ушбу лойиҳа асосида 3 ойлик муддатда Европада ўқишда бўлиб қайтди ва ўз таасуротлари билан ўртоқлашди.

“Men Tukhtamisheva Dildora TTA talabasiman. Bakalavrlik davrimda barcha fanlarni chuqur o’zlashtirdim, izlanishdan to’xtamadim, qolaversa men Ingliz tilini chuqur o’rgandim va hozirda o’zim qiziqqan “Tibbiy psixologiya” yo’nalishida 1-kurs magistrman. Aynan ingliz tili savodxonligini chuqur egallaganim sababli TTA ko’magida yuksak imkoniyatlardan birini qo’lga kiritdim, ya’ni “UZHELTH” proyekti asosidagi 3 oylik o’qish faoliyatimni Yevropa davlatlarida davom ettirdim. Chet el tajribalari asosida bilim va amaliy ko’nikmalarimni mukammallashtirdim. Shu o’qish faoliyatim asosida o’z soham bo’yicha bilim va tajribalarimni boyittim va bundan tashqari do’stlar safimni kengaytirib, Yevropa xalqi urf-odatlaridan boxabar bo’ldim. Eng asosiysi O’zbekiston va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi nomini butun dunyaga tanitdim. Meni shu darajalarga yetishimda o’zlarining katta hissalarini qo’shgan Toshkent Tibbiyot Akademiyasining barcha professor-o’qituvchilariga, xususan, rektorimiz Sh.I.Karimov, O’quv ishlari prorektori O.R.Teshaev, Ilmiy ishlar prorektori Sh.A.Boymuradov, Asab kasalliklari kafedrasi mudirasi prof. G.S.Rakhimbaeva va Tibbiy psixologiya yo’nalishi rahbari, ustozim prof. Z.I. Ibodullayevlarga alohida o’z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Uylaymanki, kelajakda bundanda yuqori yutuqlarga erishish uchun o’z kuch va g’ayratim bilan yanada yuksak cho’qqilarga chiqib, menga berilgan ishonchlarni albatta oqlayman. Ishonamanki, TTA menga o’xshash talabalar soni juda ko’p va ularning barchasini yorqin kelajak kutmoqda”

Бизнинг академиямизда бундай фаол, изланувчан, илмга чанқоқ ва энг муҳими чет тилларини чуқур эгаллаган талабаларимиз жуда кўп. Уларга омад, келажакдаги ишлари учун ривож ва бунданда юқори натижаларга эришишларини тилаб қоламиз.

ТТАнинг келажаги ишончли қўлларда!

2016/2017 ўқув йили учун қабул КВОТАси

2016/2017 ўқув йили учун Тошкент тиббиёт академияси Тиббий психология йўналишига қабул квоталар:

5А51011-Тиббий психология йўналиши:
Жами: 6 та
Грант:   Ўзбек: 1та.      Рус: 0 та.
Контракт:    Ўзбек: 4та.   Рус: 1та.

error: Content is protected - Содержимое защищено !!