Oral avtomatizmi reflekslari


 Peshona bo'lagining motor yadrolari va ulardan boshlanuvchi kortikonuklear yo'llar ikki tomonlama zararlanishida paydo bo'ladi. Unga Marinesku-Rodovich, xartum va nazo-labial reflekslar kiradi.
Marinesku-Rodovichning kaft-iyak refleksi. Kaftning tenar sohasiga to'g'nog'ich bilan chizib-chizib chaqiriladi. Bu paytda iyak muskullari o'sha tomonda va kam holatlarda, qarama-qarshi tomonda qisqaradi.
Xartum refleksi. Nevrologik bolg'acha bilan ustki labga sekin uriladi. Bunga javoban lablar cho'chchayadi. Ba'zida bolg'achani bemorning lablariga yaqinlashtirishning o'zi kifoya. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda ushbu refleks fiziologik hisoblanadi. V.M. Bexterev tomonidan yozilgan.
Nazo-labial refleks. Nevrologik bolg'acha bilan qansharga urilganda lablar cho'chchayadi. Bir yoshgacha bo'lgan bolalar­da bu refleks fiziologik hisoblanadi. M.I. Astvasaturov tomo­nidan yozilgan.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича