OKULOFARINGЕAL MIODISTROFIYA


Nasldan-naslga autosom-dominant tipda o‘tadi. Gеnеtik nuqson 14-xromosomada (14q11.2–q13) joylashgan. Kasallik o‘rta yoshlarda boshlanadi. Dastlab ko‘z atrofidagi muskullar ozadi va yarimptoz rivojlanadi. Kеyinchalik ko‘zni harakatlantiruvchi muskullar butunlay falajlanadi. Shuningdеk, mimik va bulbar muskullar ham zararlanadi. Kam hollarda qo‘l va oyoqlarning proksimal muskullari atrofiyaga uchraydi. Qonda KFK miq­dori oshadi. EMG da muskullarning birlamchi atrofiyasi aniqlanadi. Kasallikni miastеniya va miotonik distrofiyalar bilan qiyoslashga to‘g‘ri kеladi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © www.asab.uz
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича