Pia mater


Pia mater (yumshoq parda) qon tomirlarga juda boy. Shu bois uni tomirli parda deb ham atashadi. Yumshoq parda yupqa bo'lib, katta yarim sharlarga tegib joylashgan. U miyaning bar­cha egatlari va pushtalari relefini takrorlaydi. Yumshoq pardadan pastda bo'shliq yo'q. Yumshoq parda kapillyarlari po'stloq ichiga ham kirib uni qon bilan ta'minlashda ishtirok etadi. Yumshoq parda nerv tolalariga ham boy. Ba'zi joylarda miyaning ichiga kirib borgan pia mater qorinchalarga o'tib, ularning qon tomirlardan iborat chigallarini (plexus choroideus) hosil qiladi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича