Pay refleksi oshishi


Giperrefleksiya markaziy piramidal yo'llar zararlanishi uchun juda xos. Ushbu yo'llarning qaysi qismi zararlansa ham pay refleksi oshadi. Pay refleksi bilan birgalikda, albatta, periostal refleks ham oshadi. Chunki ikkala refleksning retseptori bir xil. Po'stloqdagi oldingi markaziy pushtadan boshlangan piramidal yo'lning orqa miyagacha bo'lgan qaysi qismi zararlansa ham, pay reflekslari oshadi. Miya insultida kuzatiladigan mar­kaziy gemiparez, monoparez yoki spinal kasalliklarda yuzaga keladigan pastki markaziy paraparez bunga misol bo'la oladi.
Markaziy piramidal yo'l zararlanishida giperrefleksiyadan tashqari, muskul kuchi pasayadi, muskul tonusi spastik tipda oshadi va patologik piramidal simptomlar (Babinskiy, Oppengeym) paydo bo'ladi. Ana shundagina organik etiologiyali giperrefleksiya haqida xulosa qilish mumkin.
Refleks oshishiga har doim ham MNS ning organik kasalligi sabab bo'lavermaydi. Nerv sistemasining funksional kasalliklarida ham pay reflekslari oshadi. Nevrozda, ayniqsa, uning giperstenik turida pay reflekslari ikkala tomonda ham oshgan bo'lishi mumkin. Bunga reflekslarning funksional tipda oshishi deyiladi. Bunday vaziyatga, ayniqsa, tizza refleksini chaqirayotganda guvoh bo'lamiz.
Normal reflekslar oshgan bemorda patologik reflekslar (Babinskiy, Oppengeym) bor-yo'qligiga albatta e'tibor qaratish lozim. Nevrozda normal refleks kuchayishi mumkin, biroq hech qachon patologik refleks aniqlanmaydi. Chunki, nevroz orga­nik kasallik emas. Patologik piramidal simptomlar mavjudligi, albatta, markaziy piramidal yo'llar zararlanganiga ishora.
Pay reflekslari keskin oshgan paytda klonuslar chaqiriladi. Pastki spastik paraplegiya, ya'ni Shtryumpel kasalligida yuzaga keladigan klonuslarni bunga misol qilib ko'rsatish mumkin.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
         © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 

  


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича