Pallidar sistema zararlanishi belgilari


Pallidar sistema zararlanishining asosiy sindromi – bu parkinsonizm. Muskullar rigidligi, gipokineziya va tinch holatdagi tremor aniqlangan har qanday patologik sindromga nisbatan parkinsonizm atamasini qo'llash mumkin. Uning simptomlari: gipokineziya –  harakatlar sustligi; bradikineziya (oligokineziya) – harakatlar kamligi; akineziya – harakatlar yo'qligi; muskul­lar rigidligi; tinch holatdagi tremor, munkayib yurish sindromi (9.3-rasm).
                          Insomniya                             Kognitiv buzilishlar
  
Parkinsonizm uchun yozayotganda harflarning kichrayib borishi (mikrografiya), yurganda qo'llarda sinergik harakat­lar bo'lmasligi [axeyrokinez), tik turganda orqadan sal turtsa, oldinga yurib ketish (propulsiya), yon tomondan turtib yuborsa, yonga yurib ketish (lateropulsiya), oldindan turtib yuborsa, orqaga tisarilib yurish (retropulsiya) ham xos. Kognitiv va psi­xoemotsional buzilishlar aniqlanadi, xarakter o'zgaradi. Fikrlash sustlashadi (bradipsiya), bir iboraga yopishib olsa, shuni hadeb takrorlayveradi, aytganini qildirishga harakat qiladi. Kechalari uyqusi yo'qoladi.
 
 
Manba© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича