Qorachiqning reflektor yoyi


 Qorachiqning yorug'likka reaksiyasi n.opticus tizimi bilan bog'liq (6.8-rasm). Chunki ko'­ruv nervi va ko'ruv trakti tarkibida qorachiq reflektor yoyining afferent qismi o'tadi. Ko'rish funksiyasiga bu yo'llarning aloqasi yo'q. Bu yo'llar faqat qorachiqlar torayishi uchun mas'ul.
  
6.8-rasm. Qorachiqning yorug'likka reflektor yoyi: 1 - retina; 2-11 nerv; 3 - chiasma opticum; 4 - interneyron; 5 - Eding-er-Vestfalyadrosi; 6-III nerv; 7- gangl. ciliare; 8 - m.shpincterpupillae; 9 - miya oyog'i.
 1. Reflektor yoyning afferent qismi. Reflektor yoyining se-zuvchi qismi retinadagi tayoqcha va kolbachalaridan boshlanadi. Uning avtonom funksiyaga ega markazga intiluvchi tolalari n. opticus tarkibida xiazmadan qisman kesishib o'tadi. Bunda faqat ichki tolalar kesishadi. Tractus opticus tarkibidagi ush­bu tolalar colliculis superiorda tugaydi. Bu yerda oraliq neyron yotadi. Uning aksonlari qorachiqdan kelgan impulslarni shu yerda joylashgan Edinger-Vestfal yadrosiga o'tkazadi. Oraliq neyron aksonlari ham o'zi tomondagi, ham qarama-qarshi to­mondagi Edinger-Vestfal yadrosiga boradi. Shu bois ham bir tomondagi qorachiqqa tushgan yorug'likka ikkinchi tomonda­gi qorachiq ham qisqarib javob beradi.
2. Reflektor yoyning efferent qismi. Reflektor yoyning ha­rakat qismi Edinger-Vestfal yadrosidan boshlanadi (1-neyron). Ushbu yadro n. oculomotorius ning juft parasimpatik yadrosi hisoblanadi. Undan boshlangan efferent tolalar III nerv tarkibi­da siliar tugunga (ganlion ciliare) borib tugaydi. Ganlion ciliare da 2-neyron yotadi va uning tolalari qorachiqni toraytiruvchi muskulga (m.shpincter pupillae) boradi. Shunday qilib, qorachiqning yorug'likka reaksiyasi bilan bog'liq reflektor yoyning afferent qismi II nerv, efferent qismi esa III nerv tarkibida o'tadi.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
              © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
          © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича