Reflekslar o'zgarishi


Reflekslar turli kasalliklarda o'zgaradi. Refleks pasayishiga giporefleksiya, oshishiga giperrefleksiya, so'nishiga arefleksiya deyiladi. Agar bir tomondagi refleks ikkinchi tomondagi refleksga qaraganda balandroq chaqirilsa, u holda anizorefleksiya haqida so'z boradi.
Markaziy falajlikda pay reflekslari (shu jumladan, periostal reflekslar] oshadi, periferik falajlikda esa pasayadi yoki yo'qoladi. Miya insultida reflekslar oshishi va polinevropatiyada pasayishi bunga misol bo'la oladi. Qaysi refleks o'zgarganiga qarab MNS va PNS da patologik o'choq topografiyasi oson aniqlab olinadi. Buning uchun reflektor yoy tutashgan segmentni yaxshi bilish kerak.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича