Spino-adduktor refleks


Refleks quyidagicha chaqiriladi. Bemordan kushetkaga o'tirish so'raladi. Bunda oyoqlar orasi ochiq qoldirilishi kerak. So'ngra vrach bemorning umurtqa pog'onasi o'siqchasiga nevrologik bolg'acha bilan tepadan pastga qarab urib keladi. Perkutor urishlar yon ustundan o'tuvchi markaziy piramidal yo'llar zararlangan joyga yaqinlashgan sayin, orasi ochiq turgan ikkala oyoq bir-biriga yaqinlasha boshlaydi. Bu holat turli etiologiyali pastki spastik paraplegiya uchun juda xos. Zararlanish yoki demielinizatsiya qayerda kuchli bo'lsa, o'sha yerda spino-adduktor refleks yaqqol cha­qiriladi.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича