Spinal yadrolar


Bir xil struktur tuzilish va funksional ahamiyatga ega bo'lgan hujayralar to'plami yadro deb ataladi. Kulrang moddada quyidagi yadrolar farqlanadi:
  • ·         Sezgi yadrolari – orqa shoxda joylashgan bo'lib, yuzaki sezgi, Govers va Fleksig yo'llarining 2-neyronlari to'plamidan iborat;
  • Harakat yadrolari – oldingi shoxda joylashgan bo'lib, pi­ramidal yo'lning 2-neyronlari to'plamidan iborat.
  • Assotsiativ (oraliq)yadrolar - spinal segmentlarda joy­lashgan hujayralarni bir-biri bilan bog'lovchi neyronlar guruhi.
  • Vegetativ yadrolar - yon shoxlarda joylashgan hujayralar to'plami.
Oldingi shox yadrolari:
  1. α-katta motoneyronlar – muskullar harakati uchun javobgar;
  2. α-kichik motoneyronlar – muskullar tonusi uchun javobgar;
  3. y-motoneyronlar – intrafuzal muskul tolalarini innervat­siya qilib, proprioretseptiv signallarni α-kichik motoneyronlarga o'tkazishni ta'minlaydi.
 
Yon shox yadrolari. Orqa miyaning barcha segmentlarida ham yon shoxlar bo'lmaydi. Yon shoxlarda vegetativ innervat­siya uchun mas'ul yadrolar joylashgan. C8, Th1-Th12, L1-L2 spi­nal segmentlarda simpatik yadrolar, S2-S4 spinal segmentlarda parasimpatik yadrolar joylashgan
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi;
              © www.asab.uz  
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича