Tovon-tizza sinamasi


Sinaluvchi gorizontal holatda tepaga qarab yotadi. Undan tepaga ko'tarilgan bir oyog'ining tovoni bilan ikkinchi oyog'ining tizzasiga tushish so'raladi. So'ngra tovonni boldirning ustki yuzasi bo'ylab pastga ravon yurgizish talab qilinadi (7.7(a)-rasm).
 7.7 (a) - rasm. Tovon-tizza sinamasini      7.7 (b) - rasm. Tovon-tizza sinamasini ataksiyasiz bajaryapti                                      namasini ataksiya bilan bajaryapti
 
Ushbu sinama ikkinchi oyoqda ham shu tartibda tekshiri­ladi. Sog'lom odam bu sinamani ataksiyasiz bemalol bajaradi. Miyacha yarimshari zararlanganda tizzaga yaqinlashayotgan oyoq panjasi titrab ketadi, tovonni tizza ustiga to'g'ri tushira olmaydi, boldir ustida ravon yurgiza olmaydi, ya'ni oyoq pan­jasi yon tomonlarga tushib ketaveradi (7.7 (b) -rasm]. Agar shu holat kuzatilsa, "tovon-tizza sinamasi ataksiya bilan bajarildi" deb xulosa yoziladi.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312b 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича