Araxnoidal granulyatsiyalar


Araxnoidal pardadan qattiq par­da tomon chiqqan ko'p bo'rtiqchalar bor. Bunga arax­noidal (paxion) granulyatsiyalar (granulation arachnoidales) deyiladi. Paxion granulyatsiyalar qattiq parda devorini surib sinuslar ichiga kiradi. Ular orqali subaraxnoidal bo'shliqdan likvor si­nuslar ichiga sizib o'tib turadi. Araxanoidal parda yumshoq parda bilan biriktiruvchi to'qimadan iborat trabekulalar orqali bog'langan. Arachnoidea va pia mater katta yarim sharlarning konveksital yuzasida, ayniqsa, pushtalar ustida bir-biriga juda yaqin joylashadi va birlashib ketadi. Pia mater dan farqli o'laroq, arachnoidea kat­ta yarimsharlar egatlari va pushtalari relefini takrorlamaydi. Ushbu ikkala parda orasida joylashgan bo'shliqqa subaraxnoidal bo'shliq (cavum subarachnoidal) deyiladi. Unda likvor aylanadi.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
              © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича