Fassikulyatsiya va fibrillyatsiyalar


 Atrofiyaga uchrayotgan muskulda fibrillyatsiya va fassikulyatsiyalar kuzatiladi. Muskul tolalari tebranishiga fibrillyatsiya, muskul tutamlari tebranishiga fassikulyatsiya deyiladi. Bu tebranishlar normada kuzatilmaydi.
Fibrillyatsiya va fassikulyatsiyalarning mavjudligi periferik motoneyron ta'sirlanishidan darak beradi. Atrofiyaga uchrayotgan muskullarga bolg'acha bilan urib fibrillyatsiya va fassikulyatsiyalarni oson chaqirish mumkin. Oldingi shox patologiyasi uchun fibrillyar, oldingi ildizcha patologiyasi uchun fassikulyar tebranishlar xos. Chunki oldingi shoxda periferik motoneyronlar biroz yoyilib joylashgan, oldingi ildizchada esa tolalar zich joylashib o'tgan.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича