Fallopiy kanali nervlari


Fallopiy kanalida XIII nervdan ajralib chiqqan nervlar:
  1. N.petrosus superficialis major. Ushbu nerv yuqori so'lak ajratuvchi yadrodan boshlanuvchi parasimpatik sekretor tolalardan iborat. Ularning bir qismi, ya'ni n.lacrimalis ko'z yoshi bezi (glandula lacrimalis), qolgan qismi burun va og'iz bo'shliqlari bezlariga boradi. Katta toshsimon nerv va uning tolalari zararlansa, ko'zyosh oqishi sustlashib kseroftalmiya rivojlanadi.
  2. N. stapedius. Ushbu nerv m.tensoris tympani antagonisti hisoblanmish uzangisimon muskulga (m.stapedius) boradi. Nerv zararlansa uzangisimon muskul bo'shashib, tovushlarga ortiqcha qimirlaydi va giperakuziya yuzaga keladi.
    1. Chordae tympani. Ta'm sezish va sekretor qismlardan iborat. Ta'm sezish qismi tilning oldingi 2/3 qismini innervatsiya qiladi. Sekretor qismi jag'osti va tilosti bezlariga boradi. Demak, so'lak ajralishini stimulyatsiya qiluvchi tolalar nafaqat n.petrosus superficialis major, balki chordae tympani tarkibida ham mavjud.
 
Manba:    © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича