G'altak nerv


G'altak nerv (n. trochlearis, IV juft) - harakat nervi. Yadrosi Sil­viy suv yo'li tubida colliculus inferior sohasida yotadi. G'altak nerv tolalari tepaga yo'nalib Silviy suv yo'li ustiga o'tib oladi va miyaning oldingi yelkanida kesishib orqaga qaytadi. So'ngra o'zi tomondagi miya oyog'ini aylanib o'tib kalla suyagi ichidan fissura orbitalis superior orqali ko'z kosasiga o'tadi. Bu yerda nerv faqat bitta, ya'ni yuqori qiyshiq muskulni (m.obliquus superior) innervatsiya qiladi. Ushbu muskul ko'zni pastga va tashqariga buradi.
Zararlanish simptomlari. 1) ko'zni pastga va tashqari­ga burish qiyinligi; 2) qo'shiluvchi g'ilaylik (strabismus convergens), pastga qarash so'ralganda ko'zning ichkariga qarab ketishi (m.rectus internus tortishi tufayli). 3) pastga qaraganda yoki zinadan tushayotganda diplopiya kuzatilishi (to'g'riga yoki tepaga qaraganda diplopiya yo'qoladi).
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича