Янгиликлар Ибодуллаев энциклопедияси Zarifboy Ibodullayev – tibbiyot fanlari doktori, professor

Zarifboy Ibodullayev – tibbiyot fanlari doktori, professor


Zarifboy Ibodullayev – Toshkent tibbiyot akademiyasi “Аsab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. U 1965-yili 19-yanvarda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida o`qituvchi oilasida tavallud topgan. Z. Ibodullayev Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini 1988-yili “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tugatib akademik Nabi Majidov tavsiyasiga ko‘ra “Asab kasalliklari” kafedrasida yosh kadr sifatida qoldiriladi. 

Z. Ibodullayev 1989-yili Toshken Davlat tibbiyot instituti “Asab kasalliklari” kafedrasi o‘quv-ilmiy laboratoriyasiga mudir etib tayinlanadi. 1991-yili 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutining “Asab kasalliklari” kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilinadi. 1994-yili prof. Asadullayev M.M. ilmiy rahbarligida 14.00.13 – Asab kasalliklari ixtisosligi bo`yicha “Qandli diabetda insult oldi serebrovaskulyar kasalliklarning klinik-neyrofiziologik hususiyatlari’ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 

Z. Ibodullayev 1995-yili Toshken Davlat tibbiyot instituti “Asab kasalliklari” kafedrasining dotsenti lavozimiga o`tkaziladi. 1997-yili rektor Karimov H.Yo. tashabbusi bilan “Tibbiyot psixologiyasi” kursi tashkil qilinadi va unga prof. Asadullayev M.M. tavsiyasiga binoan dotsent Ibodullayev Z.R. mudir etib tayinlanadi.

Z. Ibodullayev 1997-yilgacha deyarli psixiatriya fani mavzulariga o`xhsab qolgan tibbiyot psixologiyasi mavzularini qayta ko`rib chiqish zarurligini ilgari suradi. Bu taklif institut rahbariyati, hususan, rektor Karimov H.Yo. tomonidan ma`qullanadi. Z.Ibodullayev O`zbekistonda “Tibbiyot psixologiyasi” fanini o`qitishni Yevropa davlatlari o`quv dasturlariga moslashtirib tuzadi. Fan dasturini tuzishda asosiy urg`u “Psixosomatik tibbiyot” ga beriladi. Respublikada birinchi bo`lib tibbiyotda “Freyd nazariyasi va psixoanaliz” ta`limoti o`qitib boshlanadi. 

2000-yildan boshlab “Tibbiyot psixologiyasi” kursi yangi ochilgan “Asab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va tibbiy genetika” kafedrasida faoliyat korsatib boshlaydi. 2005-yili Z. Ibodullayev 14.00.13 – Asab kasalliklari ixtisosligi bo`yicha “Yarimsharlararo funksiyonal asimmetriya va serebral insultlarda neyropsixologik sindromlar, ularni korreksiya qilish yo`llari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Ushbu ilmiy ish O`zbekistonda neyropsixologiyaga oid dastlabki doktorlik dissertatsiyasi edi. Z. Ibodullayev tomonidan 2002-yili ilgari surilgan 2 ta yirik konsepsiya, ya’ni ambidekstlarda insult modeli va miyaning psixologik himoya konsepsiyasi xorijlik olimlar, hususan I.M. Tonkonogiy (AQSh), H. Shonle (Germaniya), E.D. Xomskayada (Rossiya) katta qiziqish uyg‘otadi. 1979-yildan buyon AQSh da istiqomat qilayotgan I.M. Tonkonogiy Z. Ibodullayevni o`zi ishlayotgan ilmiy markazga taklif qiladi va ambidekstriyani o`rganishga oid ilmiy ishlarni birgalikda o`tkazishni taklif qiladi. Biroq ustozi E.D. Xomskaya “Bu taklifga rozi bo`lmang va ishni Toshkentda davom ettiring” deb tavsiya beradi.

2005-yili 1- va 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutlari birlashtirilib Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) tashkil qilinadi. Shu yili rektor, akademik Sh.I. Karimov tavsiyasiga binoan Z. Ibodullayev akademiyaning Ilmiy bo`limi boshlig`i etib tayinlanadi. Olim O`zbekistonning yirik tibbiyot institutlarida “Tibbiyot psixologiyasi” mutaxassisligi bo`yicha magistratura va klinik ordinatura yo`nalishlarini ochishni taklif qiladi. Rektor Sh.I. Karimov bu taklifni to`la qo`llab-quvvatlaydi va xorij davlatlari tajribasini atroflicha o`rganib chiqish, avval darslik tayyorlash, songra O`zbekistonga mos Davlat ta`lim standartini (DTS) ishlab chiqishni tavsiya etadi. 

2008-yili Z. Ibodullayev tomonidan “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi chop qilinadi. Ushbu fan bo`yicha O`zbekistonda ilk bora nashrdan chiqqan darslik 2009-yili “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bo`ladi. 2008-2010-yillari Z. Ibodullayev tomonidan “Tibbiyot psixologiyasi” fani bo`yicha magistratura yo`nalishi uchun DTS ishlab chiqiladi. Oliy ta`lim vazirligi mutaxassislari tomonidan qayta-qayta ekspertizadan o`tkazilgan DTS tasdiqdan o`tadi va uning asosida fan dasturi tayyorlanadi. 

2011/2012-yillari Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasida “Tibbiyot psixologiyasi” mutaxassisligi bo`yicha magistratura va klinik ordinatura yo`nalishlari ochiladi. Z. Ibodullayev “Tibbiyot psixologiyasi” mutaxassisligi bo`yicha magistratura direktori etib tayinlanadi. Respublika uchun uzoq kutilgan “Tibbiy psixolog” kadrlar tayyorlab boshlanadi. 

Z. Ibodullayev tomonidan 2008-yili tayyorlangan “Tibbiyot psixologiyasi” darsligining 2-nashri 2012-yili, 3-nashri 2019-yili chop etiladi. O`z faoliyatini nevrologiya va keyinchalik neyropsixologiya sohasidan boshlagan olim asab kasalliklariga oid darsliklar va o`quv qo`llanmalarini ham chop qildiradi. 2013 va 2014-yillari “Asab kasalliklari” darsligi kirill va lotin alifbolarida nashrdan chiqadi. Bu darslik ham “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bo`ladi. 

Professor Zarifboy Ibodullayev 160 dan oshiq ilmiy asarlar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida nevrologiya, neyropsixologiya va tibbiyot psixologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya ishlari tayyorlangan va tayyorlanmoqda. Z. Ibodullayev tomonidan “Asab kasalliklari” darsligi (2013, 2014, 2021), “Umumiy nevrologiya” darsligi (2021), “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi (2008, 2012, 2019), nevropatologlar uchun “Insult va koma” (2014), “Epilepsiya” (2018), “Nevrologiya” (2017) nomli yirik qo‘llanmalari chop qilingan. Keng omma uchun mo`ljallangan “Asab va ruhiyat” nomli asar 2013-yildan buyon 4 marotaba nashrdan chiqdi va shu kunlarda 5-nashri chop qilinish arafasida. 2022-yili Turkiyada “Asab va ruhiyat” (Sinir va ruhiyat) kitobi turk tilida nashr yuzini ko`rdi.

So`nggi yillarda Z. Ibodullayev tomonidan chop qilingan ilmiy ishlar ro`yxati:

  1. 1.    Z. Ibodullayev. Insult va koma. Vrachlar uchun qo`llanma. T.: 2014. – 196 b;
  2. 2.    Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Vrachlar uchun qo`llanma. T.: 2018. – 174 b;
  3. 3.    Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik, 3-nashr. Toshkent. 2019. 494 b.
  4. 4.    Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat. Ilmiy-ommabop risola. 4-nashr. 2019. 312 b.
  5. 5.    Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. Darslik, 2-nashr. Toshkent. 2021. – 960 b.
  6. 6.    Z. Ibodullayev. Umumiy nevroligiyai. Darslik, Toshkent. 2021. – 312 b.
  7. 7.    Z. Ibodullayev. Sinir va ruhiyat. Ilmiy-ommabop risola. Turkiya, Ankara., 2022. 405 b.

Zarifboy Ibodullayev- Tıp bilimleri doktoru, professör

Zarifboy Ibodullayev-Taşkent Tıp Akademisi "Sinir Hastalıkları, tıbbi psikoloji ve psikoterapi" Bölümü profesörü, Tıp bilimleri doktoru. 19 Ocak 1965'te Khorezm bölgesinin Hazorasp bölgesinde bir öğretmen ailesinde doğdu. Z. Ibodullayev, 1988 yılında Taşkent Devlet Tıp Enstitüsü Tıp eğitimi fakültesi'nden   mezun oldu ve Akademisyen Nabi Majidov'un tavsiyesi üzerine “Sinir Hastalıkları" Bölümünde genç bir kadro olarak çalışmaya başlar. 

Z. Ibodullayev, 1989 yılında Taşkent Devlet Tıp Enstitüsü “Sinir Hastalıkları" Anabilim Dalı Eğitim-Bilim Laboratuvarı başkanlığına atandı. 1991 Yılında 2. Taşkent Devlet Tıp Enstitüsü "Sinir Hastalıkları" Anabilim Dalı'na asistan olarak işe alındı. 1994 yılı prof. Asadullayev M.M. 14.00.13'in şifirli bilim rehberliğinde – Sinir Hastalıkları uzmanlığında “diabet hastalı inme geçiren serebrovasküler hastalıkların klinik-nörofizyolojik özellikleri " konulu bir doktora (PhD)  tezini savunur. 

Z. Ibodullayev, 1995 yılında Taşkent Devlet Tıp Enstitüsü "Sinir Hastalıkları" Anabilim Dalı doçentliğine atanmıştır. 1997'de rektör Karimov H.Y. inisiyatifiyle ”Tıp psikolojisi" kursu düzenlenerek,  bunun üzerine Prof. Asadullayev M.M. Doçent tavsiyesi üzerine Ibodullayev Z.R. yönetici olarak atandı.

 Z. Ibodullayev, 1997 yılına kadar psikiyatri bilimi konularına neredeyse tamamen benzeyen tıbbi psikoloji konularını gözden geçirmenin gerekli olduğunu savunurdu. Bu öneri çalıştığı enstitünün yöneticileri, özellikle bu teklif rektör Karimov H.Y. tarafından olumlu onaylandı.  

 Z.Ibodullayev, Özbekistan'da Avrupa ülkelerinin eğitim programlarına uygun olarak “Tıbbi Psikoloji" disiplininin derslık kıtabını  düzenlemiştir. Bu bilim programını  hazırlarken ana vurgu “Psikosomatik Tıp” üzerine yapılır. Ülkede  ilk, tıp eğitiminde "Freud'un teorisi ve psikanalizi" doktrininin okunmasıyla başlar.

Tıbbi psikoloji kursu 2000 yılından beri yeni açılan sinir sistemi bozuklukları, tıbbi psikoloji ve tıbbi genetik bölümünde faaliyet göstermiştr. 2005 yılı Z. Ibodullayev, doktora tezini 14.00.13-Sinir Hastalıkları “hemisferik disfonksiyonel asimetri ve serebral felçlerde nöropsikolojik sendromlar, psikoreabilitasyon " uzmanlığı üzerine savunmuştur.” Bu bilimsel çalışma Özbekistan'daki nöropsikoloji üzerine yapilan ilk doktora teziydi. Z.
Ibodullayev'in 2002 yılında öne sürdüğü 2 ana kavram, yani ambidextlerdeki inme modeli ve beynin psikolojik korunması kavramı, yabancı bilim adamları, özellikle I.M. Tonkonogiy (ABD), H. Schonle (Almanya), E.D. khomskaya'ya (Rusya) büyük ilgi gösterdi. 1979'dan beri Amerika Birleşik Devletleri'nde yaşayan M. Tonkonogiy Z. Ibodullayev’i, çalıştığı bilim merkezine davet eder ve ambidextria çalışması üzerine ortaklaşa bilimsel çalışmalar yürütmeyi teklif eder. Ancak mentor E.D. Khomskaya,” Bu öneriye katılmayın ve Taşkent'te çalışmaya devam edin" dıye önerir.

  2005 Yılında 1. ve 2. Taşkent Devlet tıp enstitüleri, Taşkent Tıp Akademisi'ni (TTA) oluşturmak üzere birleştirildi. Aynı yıl rektör, akademisyen Sh.I. Karimov'un tavsiyesi üzerine Z. Ibodullayev Akademinin bilimsel bölüm başkanlığına atandı. Bilim adamı, Özbekistan'ın büyük tıp enstitülerinde “tıbbi psikoloji" uzmanlığında yüksek lisans ve klinik yerleşim açmayı teklif ediyor. Rektör Sh.İ. Karimov bu öneriyi tam olarak destekliyor ve yabancı ülkelerin deneyimlerini derinlemesine incelemeyi, önce bir ders kitabı hazırlamayı ve ardından Özbekistan'a uygun bir devlet eğitim standardı (DTS) geliştirmeyi öneriyor.

Z. İbodullayev'in 2008 yılında hazırladığı "tıbbi psikoloji" ders kitabının 2. baskısı 2012'de, 3. baskısı 2019'da yayınlanacak. Kariyerine nöroloji ve daha sonra Nöropsikoloji alanında başlayan bilim adamı, sinir bozuklukları üzerine ders kitapları ve öğretim yardımcıları da yayınlamaktadır. 2013 ve 2014 tarihli “Sinir Hastalıkları” ders kitabı Kiril ve Latin alfabelerinde yayınlanmıştır. Bu ders kitabı aynı zamanda” yılın en iyi ders kitabı" ödülünü kazanmıştır. 

Profesör Zarifboy Ibodullayev, 160'tan fazla bilimsel eserin sahibidir. Bilimsel  danışmalığı altında nöroloji, nöropsikoloji ve tıbbi psikoloji alanlarında tezler hazırlandı ve hazırlanıyor.  Z. Ibodullayev,” Sinir Hastalıkları“ derslik kitabı (2013, 2014, 2021),” genel nöroloji “(2021) ders kitabı,” tıbbi psikoloji" ders kitabı dahil olmak üzere nöropatologlar için büyük kılavuzlar yayınladı “(2008, 2012, 2019),” inme ve koma “(2014)," epilepsi "“2018),” Nöroloji " (2017). Halka yönelik "sinirler ve ruh" çalışması 2013'ten bu yana 4  kez basılmamış ve bu günlerde 5. Baskısı çıkmak üzere. 2022 Yılında Türkiye'de “sinir ve ruhıyat”  kitabı Türkçe olarak yayının yüzünü gördü.
    
    Son yıllarda, Z. Ibodullayev tarafından yayınlanan bilimsel çalışmaların listesi:

1. Z. Ibadullayev. İnme ve koma. Doktor rehberi. T.: 2014. - 196 b;
2. Z. Ibadullayev. Epilepsi. Doktor rehberi. T.: 2018. - 174 b;
3. Z. Ibadullayev. Tıbbi psikoloji. Ders kitabı, 3. baskı. Taşkent. 2019. 494 b.
4. Z. Ibadullayev. Sinir ve ruhıyat. Popüler Bilim broşürü. 4. baskı. 2019. 312 b.
5. Z. Ibadullayev. Sinir bozuklukları. Ders kitabı, 2. baskı. Taşkent. 2021. - 960 b.
6. Z. Ibadullayev. Genel nevralji. Ders kitabı, Taşkent. 2021. - 312 B.
7. Z. Ibadullayev. Sinir ve ruhıyat. Popüler Bilim broşürü. Türkiye, Ankara., 2022. 405 b.


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича