NUTQNI TEKSHIRISH PROTOKOLI


Sinaluvchi_________________     ; yoshi____; jinsi____; Sana_____
 
 
№     
Nutq funksiyalarini tekshirish    Bajarish 
To’g’ri
(0 ball)    Noto’g’ri
(1 ball)    Bajara olmadi
(2 ball)
Ekspressiv nutqni tekshirish     
1    Spontan va diologik nutq: sinaluvchiga oddiy savollar beriladi (ismingiz nima?, ahvolingiz qalay?). Sinaluvchi ularga “Ha, yoq, yaxshi, yomon” deb javob qaytaradi.               
2    Avtomatlashgan nutq: sinaluvchidan 1 dan 10 gacha sanash, hafta kunlari va oylarni ketma-ket aytish so’raladi.                
3    Takroriy nutq: Quyidagilar sinaluvchiga aytiladi. Sinaluvchi ularni takrorlaydi.
unli (a,o,u,i,e,yu) va undosh (m,n,p,d,l,t,k) tovushlar;
muxolif fonemalar (b-p, p-b, d-t, t-d, z-s, s-z);
tovushli birikmalar (bi-ba-bo; ba-bo-bi; uy-tol-suv);
jumlalar (bola nonushta qilyapti, u suv ichayarti)
           
Impressiv nutqni tekshirish               
1    Oddiy so’zlar ma’nosini tushunish. Ko’zingizni yuming, tilingizni chiqaring, qo’lingizni ko’taring.                
2    Nomlarni aytish (albomga qarab). Olma, ot, limon, gul.
Tana qismlarini aytish: ko’z, qo’l, quloq, burun, tirsak.               
3    Oddiy grammatik konstruksiyalarni tushunish. O’ng qo’lingizni ko’taring, chap qo’lingiz bilan o’ng ko’zingizni ko’rsating.               
4    Murakkab grammatik konstruksiyalarni tushunish. O’alam yordamida kitobni ko’rsating, sochiqni yostiqning tagiga qo’ying, piyolani chap qo’lingiz bilan olib o’ng tomonga qo’ying. Lola Karimdan oqroq, demak kim qora. Onasining singlisi unga kim bo’ladi? Akasining otasi ukasiga kim bo’ladi?                
     Ballar yig’indisi               
Eslatma: Tekshiruv paytida sinaluvchini shoshirmang, xatosini ko’rsatavermang va javoblar orasida pauza saqlang, gohida rag’batlantirib turing.
 
Tekshiruv xulosasi:
 
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©www.asab.uz
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича