Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Ot dumi (cauda equina) zararlanishi

Ot dumi (cauda equina) zararlanishi


Ot dumi umurtqa kanalining eng pastki qismi, ya'ni canalis sacralis ichida yotadi. Cauda equina bel kengligi va undan pastdagi barcha spinal segmentlarning orqa va oldingi ildizchalari yig'indisidan hosil bo'lgan. Ot dumi zararlanishida oyoqlarda periferik falajlik, radikulyar tipda barcha sezgilar buzilishi, anogenital soha va ikkala oyoqda o'ta kuchli og'riqlar, siydik va najas tutolmaslik kuzatiladi. Ushbu simptomlar birmuncha asimmetrik tarzda namoyon bo'ladi
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha