Orqa miya pardalari


Orqa miya ham bosh miya kabi 3 qavat parda bilan qoplan-gan. Bular - dura mater, arachnoidea, pia mater [13.5-rasm).
  
13.5-rasm. Orqa miya pardalari
Qattiq parda ikki qatlamdan iborat. Uning ustki qatlami umurtqa kanali (canalis vertebralis) devoriga zich yopishib turadi. Ustki qatlam canalis vertebralis ning ikkala yon tomonidagi umurtqalararo teshiklar (foraminal teshik) devoriga ham davom etadi. Natijada bu teshiklardan chiqadigan orqa va oldingi spinal ildizchalarni o'rab, ular uchun qin vazifasini o'taydi. Dura mater ning ustki qatlami ganglion spinale ni ham o'rab turadi va o'ta sezgir ushbu tugun uchun himoya vazifasini o'taydi.
Qattiq pardaning ichki qatlami araxnoidal pardaga qaragan. Qattiq pardaning ustki va ichki qatlamlari orasidagi bo'shliqqa epidural bo'shliq (cavum epidurale) deyiladi. Epidural bo'shliq yog' to'qimasi va venoz chigallardan tashkil topgan. Dura ma­ter bilan arachnoidea orasidagi bo'shliq esa subdural bo'shliq (cavum subdurale) deb ataladi. Subdural bo'shliq orasidagi qon tomirlar ikkala pardani ham qon bilan ta'minlaydi.
O'rgimchak to'risimon parda qattiq parda tagida yotadi. Uning ostida subaraxnoidal bo'shliq (cavum subarachnoidale) joylashgan. Subaraxnoidal bo'shliqda likvor oqadi. Yumshoq parda orqa miya va uning ildizchalarini zich o'rab turadi. Pia mater mayda qon tomirlarga juda boy bo'lib, ular orqa miyani ham qon bilan ta'minlashda ishtirok etadi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha