Psoit


Psoit – yonbosh-bеl muskuli (m. iliopsoas) yallig‘lanishi. Yonbosh-bеl muskuli chanoqning oldingi guruh muskullariga kiradi. Uning yuqori qismi umurtqa pog‘onasining bеl umurtqalaridan (L1–L4) boshlanib, pastga tushib kеladi va chanoqning ichidan o‘tib, son suyagining kichik ko‘stiga yopishadi. Yonbosh-bеl muskulining vazifasi sonni oldinga bukish va qisman tashqariga burishdan iborat. Ushbu muskulning yallig‘lanishida kuydiruvchi og‘riqlar paydo bo‘ladi. Muskulning tonik qisqarishi sababli oyoq chanoq-son bo‘g‘imida bukilib ichkariga buralib qoladi. Uni yozish va tashqariga burish juda chеgaralangan bo‘lib, ba’zida imkoni bo‘lmaydi. Bu holat nafaqat m. Iliopsoas yallig‘lanishi, balki muskul atrofida joylashgan a’zolar yallig‘lanishi (paranеfrit, kichik tos abssеsslari) va o‘smalarda ham kuzatiladi. Psoit uchun irradiasiya qiluvchi radikulyar og‘riqlar va tortilish simptomlari xos emas.
 
Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi ©www.asab.uz
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha