Psevdobulbar falajlik


Psevdobulbar falajlik IX, X va XII nervlar yadrosini innervatsiya qiluvchi markaziy, ya'ni kortikonuklear yo'llar ikka­la tomonda zararlansa rivojlanadi. Shu bois psevdobulbar sindrom markaziy falajliklar sirasiga kiradi. Bu sindromning asosiy belgilari – dizartriya, disfagiya va disfoniyadan iborat, ya'ni bemorda yutish va nutq buziladi, ovozi keskin pasayadi, manqalanib gapiradi. Bulbar sindromdan farqli o'laroq, yutqin refleksi saqlanib qoladi yoki oshadi, tilda atrofiya va fassikulyatsiyalar bo'lmaydi. Zo'raki yig'lash va kulish hamda oral avtomatizmi reflekslari paydo bo'ladi.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha