Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Periferik tipdagi sezgi buzilishlari

Periferik tipdagi sezgi buzilishlari


 Bunday buzilishlar periferik nervlar, chigallar, spinal gangliya, orqa ildizcha va spi­nal nerv zararlanganda kuzatiladi.
  1. Periferik nerv zararlanishi. Ushbu nerv innervatsiya qiluvchi sohada, ya'ni dermatomda sezgi buzilishlari (gipesteziya, giperesteziya, anesteziya) va og'riqlar ku­zatiladi. Bunga nevrul tipdagi sezgi buzilishi deyiladi. Bir necha nervlar zararlansa, polinevritik tipdagi sezgi buzili­shi rivojlanadi. Masalan, qandli diabetdagi "paypoqcha va qo'lqopcha" tipda sezgi buzilishi.
  2. Chigallar zararlanishi. Chigal tarmoqlari innervatsiya qiluvchi sohada kuchli og'riqlar va barcha turdagi sez­gi buzilishlari ro'y beradi. Zararlanish darajasiga qarab falajliklar ham kuzatiladi.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha