Qattiq parda o'siqlari


     Qattiq pardaning turli yoriqlarga tortilib kirgan qismiga qattiq parda o'siqchasi deyiladi (13.1-rasm). Bular: 1) katta miyaning o'roqsimon o'siqchasi (falx cerebri); 2) miyachaning o'roqsimon o'siqchasi (falx cerebelli); 3) miyacha chodiri (tentorium cerebelli); 4) turk egari diafragmasi (diaphragma sellae).
  • Falx cerebri – qattiq pardaning katta yarimsharlar orasiga tortilib kirgan qismi.
  • Falx cerebelli – qattiq pardaning miyacha yarimsharlari orasiga tortilib kirgan qismi.
  • Tentorium cerebelli – qattiq pardaning ensa bo'lagi bi­lan miyacha orasida tortilgan qismi.
  • Diaphragma sellae – qattiq pardaning turk egari ustidan tortilgan qismi. Uning tagida gipofiz yotadi.
 
Manba:  © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
              © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha