Retseptorlar


  1. Eksteroretseptorlar - tashqi muhitdan keluvchi ta'sirotlarni qabul qiluvchi retseptorlar. Ularga og'riq, harorat va taktil sezgilarni qabul qiluvchi retseptorlar kiradi. Bunday retseptorlar yuzaki sezgi retseptorlari ham deyiladi.
  2. Proprioretseptorlar – muskul, pay va bo'g'imlarda joylashgan retseptorlar. Muskul va paylar cho'zilganda bo'lgan signallarni qabul qiladi. Bunday retseptorlar chuqur sezgi retseptorlari ham deyiladi. 
  3. Interoretseptorlar – ichki a'zolarda joylashgan retsep­torlar bo'lib, ular turli-tuman signallarni qabul qiladi. Masalan, baroretseptorlar ichki a'zo va to'qimalarda hosil bo'lgan bosim, xemoretseptorlar hid, ta'm va organizmdagi boshqa kimyoviy o'zgarishlar (CO2, pH) haqida signallar qabul qiladi va h.k. Retseptorlarning turlicha tasniflari mavjud. Masalan, dis­tant retseptor (ko'ruv, eshituv va hidlarga ta'sirlanuvchi), termoretseptor (harorat o'zgarishlarida ta'sirlanuvchi], xemoretseptor (kimyoviy o'zgarishlarda ta'sirlanuvchi), mexanoretseptor (mexanik bosim paytida ta'sirlanuvchi), fotoretseptor (yorug'likka ta'sirlanuvchi) va h.k
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha