Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Spinal ildizcha va spinal nerv

Spinal ildizcha va spinal nerv


Oldingi yon egatchadan oldingi ildizcha (radix anterior), orqa yon egatchadan orqa il­dizcha (radix posterior) chiqadi. Oldingi ildizcha harakat tolalari, ya'ni oldingi shoxning motor neyronlari aksonlaridan iborat. Orqa ildizcha sezgi tolalari, ya'ni spinal gangliyada yotgan psevdounipolyar neyron aksonlaridan tashkil topgan. Oldingi va orqa ildizchalar birlashib spinal nervni (n. spinalis) hosil qiladi. Demak, n. spinalis aralash nerv bo'lib, canalis vertebralis dan chiqmasdanoq hosil bo'ladi.
Umurtqa pog'onasi segmentlari qancha bo'lsa, spinal seg­mentlar soni ham shuncha, ya'ni 31 ta umurtqa segmentiga 31-32 ta spinal segment to'g'ri keladi. Orqa miyadan 31-32 juft spinal nerv chiqadi.
Har bir spinal nerv tananing ma'lum bir qismini innervatsiya qiladi. Bunga metamer deb aytiladi. Ushbu metamer tarkibidagi muskullar innervatsiyasiga miotom, suyaklar innervatsiyasiga sklerotom, teri innervatsiyasiga dermatom deyiladi.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha