Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Serebral tipdagi falajliklar

Serebral tipdagi falajliklar


Oldingi markaziy pushta to'la zararlansa, qarama-qarshi tomonda markaziy gemiparez yoki gemiplegiya, qisman zararlansa, markaziy monoparez yoki monoplegiya rivojlanadi. Ushbu pushtaning oyoq proeksion sohasi zararlansa, monoparez oyoqda, qo'l proeksion sohasi zararlansa, monoparez qo'lda rivoj­lanadi. Qarama-qarshi tomonda VII va XII nervlarning markaziy falajligi ham kuzatiladi. Shuningdek, XI nerv spinal yadrosining markaziy innervatsiyasi buzilishi hisobiga, qarama-qarshi tomonda yelka pastga tushib qoladi. Oldingi markaziy pushta qo'zg'atilsa, u holda qarama-qarshi tomonda motor tipdagi fokal xurujlar ro'y beradi. Bunga Jekson motor xurujlari deyiladi. Fokal xurujlar yuz muskullaridan boshlansa, demak patologik o'choq oldingi markaziy pushtaning pastki qismida, oyoqdan boshlansa – pushtaning ustki qismida joylashgan.
Ichki kapsula zararlanishida qarama-qarshi tomon­da markaziy gemiparez yoki gemiplegiya rivojlanadi. Ichki kapsulada piramidal yo'llar zich joylashib o'tgani bois – tekis gemiparez, oldingi markaziy pushtada yoyilib joylashgani uchun – notekis gemiparez (qo'lda kuchliroq, oyoqda yengilroq parez) kuzatiladi. Ichki kapsula zararlanishida keyinchalik Vernike-Mann holati shakllanadi. Miya ustuni zararlanishida alternirlashgan tipda­gi gemiparezlar rivojlanadi: o'choq tomonda kranial nervlarning periferik falajligi, qarama-qarshi tomonda markaziy gemiparez
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.  
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha