Uzoqlashtiruvchi nerv


Uzoqlashtiruvchi nerv (n. abducens, VI juft) –  harakat nervi. Yadrosi ko'prikning dorsal qismida, IV qorincha tubida yotadi. Aksoni ko'prik va uzunchoq miyaning chegarasida miyacha-ko'prik burchagidan chiqadi. Miyaning bazal qismiga o'tib olgan VI nerv kalla suyagi ichidan fissura orbitalis supe­rior orqali ko'z kosasiga o'tadi. Ushbu nerv ham faqat bitta, ya'ni ko'zning tashqi muskulini {m.rectus externus) innervat­siya qiladi. Bu muskul ko'zni tashqariga tortadi. Uzoqlashti­ruvchi nerv yadrosi ham ikki tomonlama kortikal innervatsiyaga ega.
Zararlanish simptomlari. 1) ko'zni tashqariga burish qi­yinligi; 2) qo'shiluvchi g'ilaylik (strabismus convergens); 3) tashqariga qaraganda diplopiya. Diplopiya har doim zararlangan muskul tomonga qarash talab qilinganda paydo bo'lishi yoki kuchayishini esda tuting.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha