Orqa miya ustunlari


Orqa miyaning 3 ta ustuni farq qilinadi. Bular – oldingi, orqa va yon ustunlar. Oldingi ustun (funiculus anterior) ikkala oldingi shox orasi-da joylashgan bo'lib, chap va o'ng tomondagi oldingi ustunlarni bir-biridan fissura mediana anterior ajratib turadi. Oldingi ustundan quyidagi yo'llar o'tadi: 1) oldingi (kesishmagan) piramidal yo'l (tr. pyramidalis anterior); 2) vestibulospinal yo'l (tr. vestibulospinalis); 3) tektospinal yo'l (tr. tectospinalis); 4) oldingi spinotalamik yo'l (tr. spinothalamicus anterior) (4.4-rasm).

Orqa ustun (funiculus posterior) ikkala orqa shox orasida joylashgan bo'lib, chap va o'ng tomondagi orqa ustunlarni bir-biridan sulcus medianus posterior ajratib turadi. Orqa ustundan Gollning nozik tutami (fasciculus gracilis Golli) va Burdaxning ponasimon tutami (fasciculus cuneatus Burdach) o'tadi. Bular – chuqur sezgi yo'llari. Shuningdek, bu ustundan taktil sezgi uchun mas'ul tolalar ham o'tadi.

Yon ustun (funiculus lateralis) oldingi va orqa shoxlar orasida joylashgan bo'lib, quyidagi yo'llardan iborat: 1) lateral (kesishgan) piramidal yo'l [tr. pyramidalis lateralis); 2) rubrospinal yo'l (tr. rubrospinalis); 3) retikulospinal yo'l (tr. reticulospinal); 4) yon spinotalamik yo'l (tr. spinothalamicus lateralis); 5) Govers tutami yoki oldingi spinoserebellyar yo'l (tr. spinocerebellaris anterior Gowers); 6) Fleksig tutami, orqa spinoserebellyar yo'l (tr. spinocerebellaris posterior Flechsig); 7) spinotektal yo'l (tr. spinotectal).

Manba:    © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha