RENKIN SHKALASI


Renkin shkalasi ham xuddi Bartel shkalasi kabi insult o'tkazgan bemorlarda funksional tiklanish holatini baholash uchun qo'llaniladi. Ballar gradatsiyasi 0 dan 6 ballgacha belgilangan. Bemorning ahvoli yomonlasha borsa, ballar yig'indisi ham osha boradi. Bu shkalani kasallikning o'tkir davrida ham, tiklanish davrida ham qo'llash mumkin. Uni bir necha bor o'tkazish insult dinamikasini to'g'ri baholashga yordam beradi.

RENKIN SHKALASI
FAOLIYATFAOLIYAT TAVSIFIBALL
1    Simptomlar yo'q
0
2Simptomlar mavjud bo'lsa-da, kundalik faoliyati buzilmaganKundalik yumushlarni 
bemalol bajarishi mumkin.
1
3Kundalik faoliyati yengil darajada buzilganKundalik yumushlarni bajarishda 
birmuncha qiynaladi, biroq o'zga yordamga muhtoj emas
2
4Kundalik faoliyati sezilarli darajada buzilganKundalik yumushlarni bajarishda o'zga 
yordamga muhtoj, biroq o'zi yura oladi
3
5Kundalik faoliyati og'ir darajada buzilganKundalik yumushlarni bajara olmaydi, 
yura olmaydi.
4
6Kundalik faoliyati kuchli darajada buzilgan    Bemor "to'shakka mixlanib" qolgan. 
Siydik va najas tuta olmaydi, doimiy parvarishga muhtoj
5
7O’lim
6



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha