Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Toshkent tibbiyot akademiyasida “Psixosomatik tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Psixosomatik tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda


6 dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida “Psixosomatik tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan yirik Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada O‘zbekiston, Turkiya va Yevropa davlatlaridan olimlar ishtirok etishadi.


Tadbir “Jahon Tibbiyot psixologiyasi 100 yilligi va O‘zbekiston tibbiyot psixologiyasining 25 yilligi” ga bag‘ishlab o‘tkazilyapti. Unda O‘zbekiston, Turkiya va yevropalik olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishadi.

Anjumanda Zarifboy Ibodullayevning “O‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasi” ni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, muallif tomonidan yozilgan “Tibbiyot psixologiyasi” darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shu fan bo‘yicha magistratura yo‘nalishining tashkil etilishi va sog‘liqni saqlash tizimi uchun “Tibbiy psixolog” kadrlarni tayyorlash bilan bog‘liq ishlari alohida e’tirof etildi. Olim aholisi 35 mln bo‘lgan O‘zbekiston uchun 150 nafar “Tibbiy psixolog” juda kamligini ta’kidladi va O‘zbekiston uchun kamida 2000 nafar tibbiy psixolog kadrlar zarurligini ma’lum qildi.

Anjumanda professor Sharif Barotovning Respublikada sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatning yo‘lga qo‘yilishi , professor Vasila Karimovaning oiladagi zo‘rovonlik va uydan bezish sindromi, Trukiyalik professor Aynur Feyzi Oglibning Keksa yoshdagilarda neyropsixologik muammolar, professor Barno Xolmatovaniing bolalik va o‘smirlik davrida psixosomatik buzilishlar muammosi, professor Abdulla Begmatovning psixosomatik tibbiyotda gipnoterapiyani qo‘llash va professor Konstansiya Paul gerontopsixologiya muammolari yuzasidan chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

Anjuman so‘ngida tibbiyot institutlarida “Tibbiy psixologiya va psixoterapiya” kafedralarini tashkil etish, yirik shifoxonalarda “Psixosomatik tibbiyot bo‘limlari” ni yaratish, maslahat poliklinikalarida “Tibbiy psixolog” kabinetlarini ochish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilindi.

TTA axborot xizmati Ⓣ




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha