Adduktor reflekslar


Boshqa patologik reflekslar kabi adduktor reflekslar ham markaziy piramidal yo'llar zararlanishi (demielinizatsiyasi) uchun xos. Klinik amaliyotda spino-adduktor va tizza-adduktor reflekslari ko'p tekshiriladi. 
Spino-adduktor refleks. Refleks quyidagicha chaqiriladi. Bemordan kushetkaga o'tirish so'raladi. Bunda oyoqlar orasi ochiq qoldirilishi kerak. So'ngra vrach bemorning umur pog'onasi o'siqchasiga nevrologik bolg'acha bilan tepadan pastga qarab urib keladi. Perkutor urishlar yon ustundan o'tuvchi markaziy piramidal yo'llar zararlangan joyga yaqinlashgan sayin, orasi ochiq turgan ikkala oyoq bir-biriga yaqinlasha boshlaydi. Bu holat turli etiologiyali pastki spastik paraplegiya uchun juda xos. Zararlanish yoki demielinizatsiya qayerda kuchli bo'lsa, o'sha yerda spino-adduktor refleks yaqqol chaqiriladi.
Tizza-adduktor refleks. Ushbu refleks bor-yo'qligini tizza refleksini chaqirayotganda bilib olish mumkin. Buning uchun bemordan oyoqlar orasini ochib kursiga o'tirish so'raladi. Bir oyoqda tizza refleksini chaqirayotganda ikkinchi oyoqdagi adduktor muskullar qisqarib o'sha oyoq ichkariga tortiladi. Chunki bir tomondagi reflektor yoy orqali yuborilgan impulsning bir qismi markaziy piramidal innervatsiya sustligi tufayli qarama-qarshi tomondagi reflektor yoyga o'tib ketadi.


Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
             © www.asab.uz



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha