Bulbar falajlik


Bulbar falajlik IX, X, XII nervlar yadrosi va ildizchalari ikkala tomonda ham zararlansa, bulbar falajlik rivojlanadi. Uzunchoq miya qadimda bulbus deb atalgan. Uning asosiy belgilari – disfagiya (yutish buzilishi), dizartriya (nutq artikulyatsiyasi buzilishi) disfoniya (ovoz jarangdorligi so'nishi), manqalanib gapirish (nazolaliya). Bemor suvni yutayotganida burniga o'tib oqib tushadi, nafas yo'llariga tushib qalqib ketadi, tilning ikkala yarmi ham atrofiyaga uchraydi va fibrillyatsiyalar paydo bo'ladi. Yutqin refleksi so'nadi. Bulbar sindrom periferik falajliklar sirasiga kiradi
 
Manba:  © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
          © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312b
          © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha