Gipotalamus


Gipotalamus (hypothalamus) neyroendokrin va vegetativ funksiyalarga mas'ul oliy vegetativ markaz bo'lib, VNS ning suprasegmentar qismi hisoblanadi. Gipotalamus hissiy reaksiyalar uchun mas'ul bo'lgan limbik sistemaning o'ta muhim tuzilmasidir.
Gipotalamus oraliq miyaning pastki qismida joylashgan bo'lib, III qorincha tubini hosil qilishda ishtirok etadi. Gipotala­mus va uning yadrolari 8.1-rasmda ko'rsatib o'tilgan.
Gipotalamus tarkibiga kulrang bo'rtiq (tuber cinereum), quyg'ich (infundibulum), so'rg'ichsimon tanalar (corpora mamillaria) kiradi. So'rg'ichsimon tanalar po'stlog'osti hidlov markazi hisoblanadi (8.1-rasm).

Gipotalamus funksiyasi. Gipotalamus nerv sistemasining turli markazlari bilan afferent va efferent yo'llar orqali murakkab neyronal bog'lanishlarga ega bo'lib, organizmning barcha vegetativ-visseral funksiyalarini nazoratda ushlaydi. Aynan gipotalamus yordamida gomeostaz ta'minlanadi.
Gipotalamus funksiyasi uning yadrolari tomonidan ishlab chiqarilgan turli xil rilizing-faktorlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, adenogipofizda ichki sekresiya bezlari faoliyati­ni nazorat qiluvchi gormonlar ishlab chiqariladi. Supraoptik va paraventrikulyar yadrolar vazopressin va oksitosin ishlab chiqaradi. Psixoemotsional va psixovegetativ funksiyalar ham gipotalamus faoliyatiga bevosita bog'liq. 
Gipotalamus patologiyasi. Gipotalamik buzilishlar bir qator neyroendokrin, psixoemotsional, kardiovaskulyar, neyrorespirator, gastrointestinal, urogenital va seksual buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Bular – xayz sikli buzilishi, semirish yoki ozib ketish, adipozogenital distrofiya, qandsiz diabet, patologik klimaks, giperprolaktinemiya, gipogonadizm, og'iz qurishi, gipergidroz, angidroz, kseroftalmiya, osteomalyatsiya, trofik yaralar, qo'rquv, xavotir, vahima, disforiya, apatiya bosh og'riq, bosh aylanishi, jahldorlik, diqqat tarqoqligi, affektga moyillik, gipertermiya, uyqu bosishi yoki uyqusizlik, libido so'nishi, surunkali charchash sindromi, kardialgiya, taxikardiya yoki bradikardiya, ortostatik gipotenziya, arterial gipertenziya, AQB o'ynab turishi, sinkopal holatlar, taxipnoe yoki bradipnoe, nafas olishdan qoniqmaslik, akrosianoz, bulimiya yoki anoreksiya, ko'ngil aynishi, qabziyat yoki diareya, polidipsiya, abdominalgiya, ichaklar parezi, meteorizm, anorektal disfunksiya, vaginal anesteziya, sistalgiya, dizuriya, poliuriya, nikturiya, siydik tuta olmaslik, erektil disfunksiyaManba: 
© Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
    © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha