Himoya refleksi


Tashqi ta'sirotga javoban to'la falajlangan oyoq yoki qo'llarda yuzaga keladigan ixtiyorsiz harakatlarga himoya refleksi deyiladi. Masalan, umurtqa pog'onasining ko'krak sohasi sinishi natijasida orqa miya kuchli ezildi yoki uzildi. Natijada markaziy piramidal innervatsiyasiz qolgan jarohatdan pastdagi spinal segmentlarda spinal avtomatizm shakllanadi.
Himoya refleksi jarohatdan pastdagi spinal reflektor yoy saqlanib qolishi hisobiga ro'y beradi. Ushbu refleksni oyoq panjasi barmoqlarini pastga keskin bukib chaqirish ham mumkin. Natijada o'sha oyoq tos-son va tizza bo'g'imida bukiladi. Bunga Mari-Fua-Bexterev refleksi deyiladi 
  
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha