Ichki kapsula


Ichki kapsula (capsula interna) – katta yarimsharlarning markaziy qismida o'ta zich joylashib o'tgan proeksion tolalardan iborat tuzilma. Ichki kapsula chap va o'ng tomonda bo'ladi. Ichki kapsulaning quyidagi 3 qismi farqlanadi: oldingi son (crus anterius), tizza (genu) va orqa son (crus posterius). Nucleus lentiformis bilan caput nuclei caudate orasida oldingi son, nucleus lentiformis bilan thalamus orasida orqa son joylashgan. Bu yerda yasmiqsimon yadro ichki kapsulaning tashqi (lateral) devorini hosil qiladi. Ikkala son burchak hosil qilib birlashgan joyga ichki kapsula tizzasi deyiladi.
Ichki kapsula zararlanishi
Ichki kapsula orqa sonining orqa qismi zararlansa, qarama-qarshi tomonda "uch gemisindrom" (gemianesteziya, gemianopsiya, gemiatak­siya) rivojlanadi. ''Uch gemisindrom"quyidagi ko'rinishda ham namoyon bo'ladi: gemiplegiya, gemianesteziya, gemianopsiya. Bu esa patologik o'choq joylashuviga bog'liq.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
          © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
          © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha