Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Ko'zni harakatlantiruvchi nerv, III juft

Ko'zni harakatlantiruvchi nerv, III juft


Ko'zni harakatlantiruvchi nerv (n. oculomotorius, III juft ) –  ha­rakat nervi. Ill nerv yadrosi o'rta miyada Silviy suv yo'li tubida colliculus superior sohasida joylashgan. Bu nerv kalla suyagi ichidan fissura orbitalis superior orqali ko'z kosasiga kiradi. N. oculomotorius bir nechta yadroga ega: 1) lateral joylash­gan bir juft yirik hujayrali yadro; 2) paramedial joylashgan bir juft parasimpatik yadro (Edinger-Vestfal yadrosi yoki qo'shimcha yadro); 3) medial va biroz dorsal joylashgan kichik hujay­rali toq yadro (Perlia yadrosi)
A. Lateral joylashgan bir juftyirik hujayrali yadro quyidagi 5 ta ko'ndalang-targ'il muskulni innervatsiya qiladi:
  1. Yuqori qovoqni ko'taruvchi muskul (m.levator palpebrae superior);
  2. Yuqori to'g'ri muskul (m. rectus superior) – ko'z olmasini tepaga va biroz ichkariga buradi;
  3. Ichki to'g'ri muskul (m. rectus internus) – ko'z olmasini ichkariga buradi;
  4. Pastki qiyshiq muskul (m. obliquus inferior – ko'z olma­sini tepaga va qisman tashqariga buradi;
  5. Pastki to'g'ri muskul (m. rectus inferior) – ko'z olmasini pastga va qisman ichkariga buradi (6.17-rasm).
  6.  
    ^отра'рергае
    m.obl.sup.(IV)      m.rect.inf.(lll)
    m.rect.sup.(lll)
    m.rect. int. (Ill)
    m.rect. ext.(VI)
    m.rect.sup.(lll)    m.obl.inf.(lll)
    m.rect int.(lll)
    m.rect. ext.(VI)
    rv>    _^^^H                 ^^^^   I
    m.rect.inf.(lll)      m.obl.sup.(IV)

    6.17-rasm. Ko'zlarni harakatlantiruvchi muskullar va ularni innervatsiya qiluvchi nervlar 
    B. Edinger-Vestfalning bir juft mayda hujayrali parasimpatikyadrosi:
    Qorachiqni toraytiruvchi muskulni (m. sphincter pupillae) innervatsiya qiladi.
    V. Perlianing toq parasimpatik yadrosi yadro (Perlia yadrosi).
    Akkomodatsiya funksiyasini ta'minlovchi kiprik muskulini [m. ciliare) innervatsiya qiladi.
    N. oculomotorius yadrolari va yo'li
    N. oculomotorius yadrolari va yo'llari anatomo-funksional jihatdan bir-biridan farq qilganligi bois, ularni alohida-alohida o'rganib chiqamiz (6.18-rasm).
     
     
    6.18-rasm. Ko'zlarni harakatlantiruvchi nervlar yadrolari topografiyasi 1 - Perlia yadrosi (m. ciliare); 2 - Edinger-Vesffal yadrosi (m.sphincter pupillae); 3- N. oculomotoriusning yirik hujayrali lateral yadrosi; 4- IV nerv yadrosi; 5 - miya oyog'i; 6-VI nerv yadrosi; 7- Veroliy ko'prigi; 8-uzunchoq miya. Qavs ichida innervatsiya qilinuvchi muskul ko'rsatilgan.
     
    1) N. oculomotoriusning yirik hujayrali lateral yadrosi va yo'li. Nerv tolalarining m. rectus internus ni innervatsiya qiladigan qismi qarama-qarshi tomonga o'tib oladi, qolganlari esa o'zi tomondagi ko'z muskullarini innervatsiya qiladi. Demak, chap tomondagi n.oculomotorius o'ng tomondagi 
     internus ni, o'ng tomondagi n.oculomotorius esa chap to­mondagi m. rectus internus ni innervatsiya qiladi (6.18-rasm).
    2) Edinger-Vestfalning mayda hujayrali parasimpatik yadrosi va yo'li. Ushbu yadro aksonlari III nerv tarkibida
     chiqib ganl. ciliare da sinaptik bog'lanish hosil qilib, so'ngra m.sphincter pupillae ga boradi. Bu yo'l haqida batafsil ma'lumot
     ko'ruv nervi yozilgan joyda keltirilgan.
    3) Toq parasimpatik yadro (Perlia yadrosi) va yo'li. Perlia yadrosi aksonlari ham gangl. ciliare da sinaptik bog'lanish hosil qiladi va m.ciliare ga boradi. Kiprik muskuli ko'z gavhari
    shaklini o'zgartirib akkomodatsiyani ta'minlaydi. Shu bois ham
     Perlia yadrosi akkomodatsiya yadrosi deb ataladi.
    Zararlanish simptomlari. 1) ptoz (m.levator palpebrae superior falaji hisobiga); 2) ko'z olmasining pastga va qisman tashqariga tortilib qolishi – m.rectus ext. (VI nerv) va m.obhquus sup. (IV nerv) qisqarishi hisobiga; 3) ko'zning tepaga, ichkariga va qisman pastga harakatining chegaralanishi; 4) qochuvchi g'ilaylik (strabismus divergens) – m.rectus ext. (VI nerv) tortishi hisobiga; 5) konvergensiya buzilishi; 6) diplopiya; 7) midriaz (m.sphincter pupillae falaji va m.dilatator pupillae faolligi oshishi hisobiga); 8) akkomodatsiya buzilishi (m.ciliare falajligi sababli); 9) qorachiqning yorug'likka reaksiyasi buzilishi (qorachiq reflektor yoyining efferent qismi zararlanishi sababli); 10) ekzoftalm (4 ta muskul falajligi hisobiga).
     
    Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
                 © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
                 © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
     
     



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha