Klonus


 Muskul payi keskin cho'zilishi paytida kuzatiladigan muskulning ritmik titrashiga klonus deb aytiladi. Klonuslar ham patologik reflekslar sirasiga kiradi va quyidagicha chaqiriladi (1.6 va 1.7-rasmlar).
 
 1.6-rasm. Tizza qopqog'i klonusini    1.7-rasm. Oyoq panjasi klonusini
chaqirish usuli                                           chaqirish usuli
 
Tizza qopqog'i klonusi. Bemor chalqancha holatda yotadi. Vrach qo'lining bosh va ko'rsatkich barmoqlari bilan tizza qopqog'ining yuqori qismidan tutib, uni keskin pastga siljitib ushlab turadi. Shu paytda sonning to'rt boshli muskul payi cho'zilishi hisobiga tizza qopqog'i tepaga-pastga yo'nalib rit­mik titrash paydo bo'ladi. Bunga tizza qopqog'i klonusi deyiladi.
Oyoq panjasi klonusi. Bemor chalqanchasiga yotadi. Vrach bemorning oyog'ini chanoq-son va tizza bo'g'imlarida bukadi. So'ngra bir qo'li bilan boldirni, ikkinchi qo'li bilan oyoq panjasi tagidan ushlab keskin ravishda tepaga bukadi. Axill payining keskin cho'zilishi natijasida oyoq panjasi ritmik tarzda bukilib yozilaveradi. Bunga oyoq panjasi klonusi deyiladi. Vrach qo'lini qo'yib yubormasdan ushlab turishi kerak. Ana shunda klonus uzoqroq davom etadi. Tizza qopqog'i klonusiga qaraganda oyoq panjasi klonusi oson chaqiriladi va ko'p uchraydi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha