Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Likvor ishlab chiqarilishi va aylanishi

Likvor ishlab chiqarilishi va aylanishi


Miya qorinchalaridagi ependimal hujayralarning xorioidal chigallarida ishlab chiqariladigan suyuqlikka likvor deb aytiladi. Likvorning katta qismi yon qorinchalarda, qolgan qismi III va IV qorinchalarda ishlab chiqariladi. Likvorning ikkinchi nomi - serebrospinalsuyuqlik. Bir kunda 400-450 ml likvor ish­lab chiqariladi va qayta so'rilib turadi. Likvor ishlab chiqarili­shi bir soniya ham to'xtamaydi. Likvorning miya qorinchalari, sisternalar va subaraxnoidal bo'shliqda saqlanadigan miqdori – 120-150 ml.
Likvor tarkibi. Sog'lom odamda likvor shaffof suvdek ti-niq va rangsiz bo'ladi. Oqsil miqdori 0,15-0,33 g/1, qand miq-dori 2,5-3,5 mmol/1, xloridlar 120-128 mmol/l, nisbiy zichligi 1003-1006, pH 7,3-7,4. Shuningdek 1 ml likvorda limfositlar soni 0-5 ta. Likvor bosimi gorizontal holatda 100-200, o'tirgan holatda 200-400 mm suv ust. ga teng.
Likvor aylanishi. Likvor yon qorinchalardan Monro teshigi orqali III qorinchaga tushadi [13.14-rasm).

U yerdan Silviy suv yo'li orqali IV qorincha ichiga o'tadi. IV qorinchadan esa Lyushko va Majandi teshiklari orqali subarax­noidal bo'shliqning katta sisternasiga tushadi. U yerdan orqa miyaning subaraxnoidal bo'shlig'iga o'tadi va shuningdek, yuqoriga ko'tarilib bosh miyaning subarxnoidal bo'shlig'ida aylana boshlaydi. Araxnoidal pardaning paxion granulyatsiyalari orqa­li likvor venoz 
sinuslarga sizib o'tib turadi va umumiy qon ay­lanish sistemasiga qo'shiladi. Likvor, shuningdek, diploik venalar, yumshoq pardaning ependimal hujayralari va kapillyarlari, kranial va spinal nervlarning perinevral bo'shliqlari orqali ham so'rilib turadi.
Likvor funksiyalari. 1] Bosh miya va orqa miyani mexanik jarohatlardan asraydi; 2) Intrakranial bosimni me'yorda ushlab turadi; 3) Bosh miya va orqa miyaning moddalar almashinuvida ishtirok etadi; 4) MNS dan moddalar almashinuvi tufayli hosil bo'lgan metabolitlarni chiqarib turadi; 5) Miya tuzilmalarida suv-elektrolit muvozanatini ta'minlashda ishtirok etadi.
 
Manba:
 © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
 © Ibodullayev ensiklopediyasi    © www.asab.uz
 



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha