Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi NUTQNI TEKSHIRISH PROTOKOLI

NUTQNI TEKSHIRISH PROTOKOLI


Sinaluvchi_________________     ; yoshi____; jinsi____; Sana_____
 
 
 
Nutq funksiyalarini tekshirish
Bajarish 
To’g’ri
(0 ball)
Noto’g’ri
(1 ball)
Bajara olmadi
(2 ball)
Ekspressiv nutqni tekshirish 
1Spontan va diologik nutq: sinaluvchiga oddiy savollar beriladi (ismingiz nima?, ahvolingiz qalay?). Sinaluvchi ularga “Ha, yoq, yaxshi, yomon” deb javob qaytaradi.   
2Avtomatlashgan nutq: sinaluvchidan 1 dan 10 gacha sanash, hafta kunlari va oylarni ketma-ket aytish so’raladi.    
3Takroriy nutq: Quyidagilar sinaluvchiga aytiladi. Sinaluvchi ularni takrorlaydi.
  • unli (a,o,u,i,e,yu) va undosh (m,n,p,d,l,t,k) tovushlar;
  • muxolif fonemalar (b-p, p-b, d-t, t-d, z-s, s-z);
  • tovushli birikmalar (bi-ba-bo; ba-bo-bi; uy-tol-suv);
  • jumlalar (bola nonushta qilyapti, u suv ichayarti)
   
Impressiv nutqni tekshirish   
1Oddiy so’zlar ma’nosini tushunish. Ko’zingizni yuming, tilingizni chiqaring, qo’lingizni ko’taring.    
2Nomlarni aytish (albomga qarab). Olma, ot, limon, gul.
Tana qismlarini aytish: ko’z, qo’l, quloq, burun, tirsak.
   




3Oddiy grammatik konstruksiyalarni tushunishO’ng qo’lingizni ko’taring, chap qo’lingiz bilan o’ng ko’zingizni ko’rsating.   
4Murakkab grammatik konstruksiyalarni tushunishO’alam yordamida kitobni ko’rsating, sochiqni yostiqning tagiga qo’ying, piyolani chap qo’lingiz bilan olib o’ng tomonga qo’ying. Lola Karimdan oqroq, demak kim qora. Onasining singlisi unga kim bo’ladi? Akasining otasi ukasiga kim bo’ladi?    
 Ballar yig’indisi   
Eslatma: Tekshiruv paytida sinaluvchini shoshirmang, xatosini ko’rsatavermang va javoblar orasida pauza saqlang, gohida rag’batlantirib turing.
 
Tekshiruv xulosasi:
 
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©www.asab.uz
 
 



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha