Toshkent, Olmazor tumani, Shifokorlar ko'chasi, 22/1-uy
+998900434499
Bolani qoʻrqitmang, duduq boʻlib qolishi mumkin

Afsuski, keyingi paytda bolalarda logonevroz yaʼni duduqlanish bilan murojaat qilayotgan koʻpayib bormoqda. Ayniqsa, besh-olti yoshli bolalarda logonevrozni koʻp koʻryapmiz.

Bolani ota-onasidan soʻrasangiz, tili bir yoki ikki yoshda tili chiqib, uch yoshga borib gapiradigan boʻlgan. Duduqlanish qachon rivojlandi, deb soʻrasangiz bolaga tarbiya berish uchun qoʻrqitgandan keyin shunday holat boʻlganini aytishadi. Tartibga chaqirish uchun hojatxonaga yoki xonaga qamab qoʻyadi, chiroqni oʻchirib qoʻyadi. Koʻchadagi itdan yoki ota-onasining koʻziga qarab qattiq qoʻrqadiki, bola duduqlanib qoladi. Ayniqsa, tashqi kuchli ruhiy bosim ostida bolada duduqlanish rivojlanadi.

Hurmatli ota-onalar, bolaning nutqi endi shakllanayotgan paytda, endi atak-chechak qilib, nutq tizimlari oʻz joyiga tushayotgan paytda bolani qattiq qoʻrqitmang. Bolangizda logonevroz rivojlanib, duduqlanish 16-17 yoshgacha tuzalmay, oʻtib ketishi mumkin. Ehtiyot boʻlinglar!

Scroll to Top