Toshkent, Olmazor tumani, Shifokorlar ko'chasi, 22/1-uy
+998900434499
Menyer — qanday kasallik

Menyer kasalligi — insonning muvozanati uchun javob beradigan aʼzolardan birining patologiyasi tufayli kelib chiqadi. “Menyer kasalligi” va “Menyer sindromi” degan tushuncha bor.

Menyer sindromida shu darajada kuchli bosh aylanish boʻladiki, bosh aylanish bir tomonlama boʻladi, yaʼni yo soat strelkasi boʻylab, yo soat strelkasiga qarama-qarshi ravishda. Uylar, fazo, buyumlar bir tomonga qarab aylanadi. Kuchli koʻngil aynish va qusish kuzatiladi. Quloqda shovqin paydo boʻladi. Borib-borib eshitish pasayishi mumkin.

Menyer kasalligining sal farq qiluvchi tomonlari bor. Bemor yotib qoladi. Hattoki gorizontal yotgan bemor boshini oʻng tomonga burib yotsa, siz uning boshini bu yoqqa bursangiz, bosh aylanishi birdan kuchayib ketishi mumkin. Bemor qoʻlingizni urib yuboradi va oʻsha paytda koʻngil ayniydi. Bunday vaqtda bemor zudlik bilan shifoxonaga yotqizib, unga zarur davolash muolajalarini boshlash kerak.

Scroll to Top