Toshkent, Olmazor tumani, Shifokorlar ko'chasi, 22/1-uy
+998900434499
Psixopat bogʻcha opalarni tibbiy-psixologik ekspertizadan oʻtkazish kerak

Ijtimoiy tarmoqlarda bogʻcha opalar bolaga doʻq-poʻpisa qilib, yigʻlatib undan kechirim soʻrattirayotgan video tarqaldi. Bilasizlarmi, men psixopatiya haqida koʻp gapiraman. Oʻsha bogʻcha opalarni tibbiy-psixologik ekspertizadan oʻtkazish kerak.

Oʻzining uyida, eridan mehr koʻrmagan, farzandlaridan mehr koʻrmagan, bu bogʻcha opalar psixopat darajaga kelgan. Afsuski, bogʻcha va yaslilarda tarbiyachi boʻlib ishlayapti. Mana shu holat, faraz qiling, minglab, yuz minglab bolalar bilan roʻy beryapti.

Bogʻcha yoshidagi va erta maktab yoshidagi har qanday ruhiy jarohat umrbod asorat qoldiradi. Birovlarning bolasiga, hatto oʻzining bolasiga ham shunday qiladiganlar ham bor. Ularni javobgarlikka tortish masalasini oʻylab koʻrish kerak.

Men tushunaman, maktab yoshidagi bolalar, katta sinfdagi bolalar oʻqituvchilarga gap qaytargani uchun nizolar kelib chiqib. Kimlardir oʻquvchining, kimlardir oʻqituvchining tarafini oladi. Bogʻcha masalasida 100 foiz men bolaning tarafini olgan boʻlar edim. Oʻylaymanki, bunday bogʻcha opalarga qatʼiy chora koʻriladi.

Scroll to Top