Ibodullayev Zarifboy Rajabovich
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, Uzbekistan
Xatarli omil – bu kasallikning bevosita sababchisi bo‘lmagan, biroq uning
rivojlanish ehtimolligini keskin oshiradigan omil (zamin, sharoit). Xatarli omil
organizmda yillar davomida mavjud bo‘lishi mumkin, lekin u o‘z-o‘zidan insult
chaqirmaydi, balki etiologik omil (masalan, tromb shakllanishi) uchun sharoit
yaratib beradi. Masalan, tamaki chekadigan yoki arterial gipertenziyasi bor odam
albatta insultga duchor bo’ladi, degani emas.
Ushbu ma'lumotlardan foydalanilganda muallif va manba ko'rsatilishi shart. Mazkur ma'lumotlarni metodik qo'llanmalar, kitoblar yoki boshqa nashrlarda to'liq yoki qisman muallifning ruxsatisiz ko'chirish va foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin.
