Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) 2024–2025-yillarga oid Oʻzbekiston boʻyicha oraliq natijalar hisobotini eʼlon qildi. Hisobotda Oʻzbekistonda antibiotiklardan notoʻgʻri qoʻllanilishi, emlanishning oʻta past darajadaligi koʻrsatilgan.
Xususan:
2024-yilda Oʻzbekistonda bolalarni asosiy kasalliklarga qarshi emlash darajasi 1997-yildan beri eng past koʻrsatkichga tushdi. Bu esa infeksiyalarning tarqalish xavfini oshiradi.
Infeksiyalarni erta aniqlash va kuzatish imkoniyatlari cheklangan.
Laboratoriyalarning texnik jihatdan taʼminlanishi past darajada.
Elektron retsept va raqamli kuzatuv tizimlari asosan shaharlarda.
Qishloq hududlarda aksari shifokor va bemorlar raqamli savodxonlikka ega emas, bu esa notoʻgʻri yoki kechiktirilgan davolashga olib kelmoqda.
Oʻzbekistonda antibiotiklarning notoʻgʻri qoʻllanilishi yuqori boʻlib, JSST buni kelajakda jiddiy epidemiologik xavf sifatida baholamoqda.