Hayotimizga ChatGPT kabi sunʼiy intellekt texnologiyalari kirib kelishi bilan koʻplab savollarga javob topish imkoniyati kengaydi. Biroq, amaliyotda shuni koʻrish mumkinki, baʼzi insonlar ChatGPTga oʻz shikoyatlarini aytib, qanday davolanishni va qanday dori ichishni soʻrash hollari paydo boʻlmoqda.
Sun'iy intellektga tayanib tashxis qo'yish xavfi
Aholini shuni bilishi kerakki, sunʼiy intellekt orqali oʻzingizga tashxis qoʻyish yoki dori-darmonlarni qabul qilish juda xavfli. Yevropa olimlari ham bu holatdan ogohlantirmoqda. Tibbiy maslahat va davolash faqatgina malakali mutaxassis, yaʼni shifokor tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Nega sun'iy intellekt tibbiy maslahat bera olmaydi?
Sunʼiy intellekt maʼlumotlarni tahlil qilishda juda tez va samarali boʻlishiga qaramay, u inson organizmining murakkabligini, individual xususiyatlarini va kasallikning nozik jihatlarini toʻliq tushuna olmaydi. Har bir insonning organizmi oʻzgacha boʻlib, bir xil simptomlar turli kasalliklarga ishora qilishi mumkin. ChatGPT yoki boshqa sunʼiy intellekt platformalari bergan maʼlumotlar faqat umumiy xarakterga ega boʻlib, shaxsiy tibbiy holatga mos kelmasligi mumkin.
Sog'ligingizga mas'uliyat bilan yondashing
Sogʻligʻingiz eng muhim boyligingizdir. Shu sababli, shubha yoki kasallik alomatlari paydo boʻlganda darhol malakali shifokorga murojaat qiling. Sunʼiy intellekt vositalari maʼlumot olish uchun foydali boʻlishi mumkin, ammo ular professional tibbiy maslahatning oʻrnini bosa olmaydi. Oʻzingizga tashxis qoʻyish yoki notoʻgʻri dori-darmonlarni qabul qilish sogʻligʻingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Unutmang, toʻgʻri tashxis va samarali davolash faqatgina mutaxassis shifokor qoʻlida!