Otasida nevroz bor ekan, endi oʻgʻlida ham nevroz boʻladi, onasida psixoz bor ekan, albatta, qizida ham psixoz boʻladi, degani emas.
Qaysidir xarakter xususiyatlar onadan qizga, otadan oʻgʻliga oʻtishi mumkin. Bu degani otadan faqat oʻgʻliga degani emas, qiziga ham oʻtishi mumkin. Lekin toʻlaqonli unga bogʻlab qoʻyish kerak emas.
Buni olimlar 100-yil oldin oʻrgangan. Nevroz va psixoz, aynan mana shu ikkita kasallik, tashqi omillar natijasida yoʻq ham boʻlib ketishi mumkin.
Deylik, bolalik chogʻida, maktab yoshi paytida asabiy edi, jahldor edi, agressiyaga, affektga tushib qolardi. Lekin ota-onaning bosiqligi orqasidan, maktab oʻqituvchilarining bosiqligi orqasidan va maktab yoshida, deylik, oʻsmirlik yoshida psixologga borib, bolasi bilan bogʻliq vaziyatlarni korreksiya qilib yurgan holatlarda, oiladagi sogʻlom psixologik muhit taʼminlangan holatlarda, albatta, endi kurtak otgan boladagi nevroz va psixoz holatlari darrov oʻtib ketadi.
