Oxirgi paytlarda bemorlar shikoyatini aytib oʻtirsa, xuddi tibbiy kitoblarda qanday yozilgan boʻlsa, shunday tartibda aytib beradiganlar paydo boʻlyapti. Bu internetdan koʻp foydalanishdan. Masalan, ular sunʼiy intellektdan “Nevroz yoki depressiya belgilari nima”, deb soʻraydi. Albatta, u barcha ilmlarni yigʻib, shularning ichidan depressiya va nevroz belgilarini xuddi kitobda yozgandek aytib beradi. Shunda bemor sunʼiy intellekt bergan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilish orqasidan oddiy apatiyani depressiya deb oʻylashi va oʻziga depressiya diagnozini qoʻyishi mumkin. Natijada bemor vahimada yurib, kasalligini zoʻraytirib yuboradi.
Umuman olganda, sunʼiy intellektdan kerak boʻlgan narsalardan foydalanishingiz mumkin. Lekin tibbiy savollar bilan sunʼiy intellektdan maslahat olmang. Doktorga murojaat qiling.
