Qabulimga oʻsmir bolani qoʻl va oyoq barmoqlari muzlashidan shikoyat qilib olib kelishdi. Odatda, ba’zir oʻsmir bolalar birdan oʻsib ketadi. Ularning arterial qon bosimi past, hatto 80/50 boʻladi. Periferik qon aylanish sustligi sababli oyoq-qoʻllari doimo muzlab yuradi. Agar bolaning:
qoʻllarining uchi doim muzlab yursa;
boshi aylanadigan boʻlsa,
ishtahasi sust boʻlsa, bunday holatda odatda dori bilan emas, sport bilan shugʻullanish orqali bundan xalos bo‘lish mumkin.
Ular:
xamirli ovqatlarni kam yeyishi;
kechasi yaxshi uxlab dam olishi;
telefon va kompyuter oldida koʻp oʻtirmaslik kerak.
Koʻproq toza havoda sayr qilib, jismoniy faol boʻlsa, vegetativ belgilar oʻtib ketadi.
