Anchadan buyon klinikamizda Fransiyaning psixomotor terapiya va reabilitatsiya usulida bemorlarni davolayotganimizni aytib kelaman. Hozirgi kunga qadar 52 nafar bemorni shu usulda davolashga erishdik. Tahlillarim shuni ko‘rsatmoqdaki, 50 turdagi nevrologik, neyropsixologik va psixosomatik kasalliklarni shu metodda davolasa bo‘ladi.
Yana bir yangilik Fransiya Oliy Psixomotor reabilitatsiya instituti rahbariyati bilan o‘zbek mutaxassislarini Fransiyada mazkur yo‘nalishda o`qitish va malakasini oshirish bo‘yicha muzokaralarni boshladik.
Yaqin 2-3-yil ichida mamlakat bo‘ylab shifoxonalarda Fransiya tajribasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirib turibmiz.