Bu kasallik 30-yillar avval Yevropada esa koʻp uchragan boʻlsa, ming afsuski, bugunga kelib Oʻzbekistonda ham koʻpayib bormoqda.
Alsʼhaymer kasalligi asosan 60 yoshdan keyin koʻp uchraydi. Bunda:
xotira sekin-asta susayib borishi;
tafakkurni izdan chiqishi;
atrofdagilarni tanimay qolishi, masalan, oʻz qizini adashtirib “qoʻshni”, deb yuborishi;
koʻchaga chiqsa, uyini topolmay qolishi;
oʻng va chap tomonni adashtirib yuborishi;
kuni bilan indamay oʻtirishi.
Inson uchun xos boʻlgan barcha oliy-ruhiy funksiyalarni torayib-torayib, kichrayib borishi bilan hamda MTRda bosh miyaning kuchli atrofiyasi bilan namoyon boʻladi.